Toshkent shahri velosportchilari xotira turnirida g‘olib bo‘ldi

Toshkent shahri velosportchilari xotira turnirida g‘olib bo‘ldi

Toshkent viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar, yoshlar, ayollar va yosh qizlar o‘rtasida "X.Tuxfatullin respublika xotira turniri» o‘tkazilgan edi.

Turnirda Toshkent shahri sportchilari barcha yo‘nalishlarda 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medal qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘ona esa Toshkent viloyati jamoasiga nasib etdi. Ushbu jamoa vakillari 1 tadan kumush va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Medal jamg‘arishda Namangan va Samarqand jamoalari uchinchi o‘rindan joy oldi. Ular hisobida bittadan kumush medal bor.

Eslatib o‘tamiz, "X.Tuxfatullin respublika xotira turniri»da mamlakatimizning turli nuqtalaridan jami 168 nafar velosport ustasi ishtirok etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA